» » O‘zbekistonda xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha davlat monopoliyasi tugatildi

O‘zbekistonda xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha davlat monopoliyasi tugatildi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xususiy bandlik agentliklarini ro‘yxatga olish va fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish uchun litsenziya berishni boshladi, deb xabar berdi Mehnat vazirligi axborot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi https://reestr.mehnat.uz saytini ishga tushirdi. Sayt orqali onlayn tartibda 2 xil turdagi xizmatdan foydalanish mumkin: xususiy bandlik agentliklari reyestri va O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyat yuritish uchun litsenziya olishga hujjatlar havola etish.

2018-yil 17-oktabr Prezident “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. Ushbu hujjat tufayli O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha davlat monopoliyasi tugatildi. Endilikda mazkur faoliyat turi bilan xususiy tashkilotlar ham shug‘ullanishi mumkin.

Qonunda, shuningdek, fuqarolarni O‘zbekiston hududida yoki tashqarisida ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan har qanday faoliyat uchun xususiy bandlik agentliklarini ro‘yxatdan o‘tkazish va https://reestr.mehnat.uz sayti orqali reyestrga kiritish zarurligi nazarda tutilgan. Ta’kidlash joizki, xususiy bandlik agentliklari nomlanishida “Xususiy bandlik agentligi” so‘zlari bo‘lishi kerak.

Agarda xususiy bandlik agentliklari O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, xuddi shu https://reestr.mehnat.uz sayti orqali litsenziya olishi, litsenziya olish uchun hujjatlarni topshirishi zarur.

Litsenziya olish shartlari Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida 50 000 AQSh dollarini zaxiralash hamda shtatda kamida ikki nafar xodimning bo‘lishi kabi talablardan iborat. Xususiy bandlik agentligi ustav fondining eng kam miqdori belgilanmagan.

Qonunning qabul qilinishi ishga joylashtirish, shu jumladan, mehnat migratsiyasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan bozorni tartibga solishga, xususiy sektorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida va tashqarisida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют