» » Mirzo Ulug‘bek tumanida kam ta’minlangan oilalar farzandlariga qishki kiyimlar va o‘quv qurollari topshirildi

Mirzo Ulug‘bek tumanida kam ta’minlangan oilalar farzandlariga qishki kiyimlar va o‘quv qurollari topshirildi


Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi, Mahalla xayriya jamoat fondi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tumanda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ijtimoiy hayotda faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Avayxon” MFYda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining faxriysi Zokirjon Almatov bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida mahalla hududida joylashgan 275-umumta’lim maktabga tashrif buyurib o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi. O‘zaro suhbat chog‘ida bugun yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanishni esa har bir yoshning o‘z zimmasida ekanligini alohida ta’kidladi.

Tadbir yakunida mahallada joylashgan “Kuvshin” milliy taomlar restoranida 20 nafar kam ta’minlangan oila farzandlari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Bolajonlarga sovg‘a sifatida jami uch million so‘mlik qishki mavsum uchun issiq kiyimlar va boshqa bir qator bolalar uchun o‘quv qurollari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют