» » Italiyalik taniqli rejissor Bernardo Bertoluchchi vafot etdi

Italiyalik taniqli rejissor Bernardo Bertoluchchi vafot etdi


Italiyalik rejissor Bernardo Bertoluchchi 78 yoshda vafot etdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

U uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi.

Bernardo Bertoluchchi 1940-yilning 16-mart kuni Italiyaning Parma shahrida tug‘ilgan. Kinorejissorlikdan tashqari dramaturg va shoir sifatida tanilgan.

1960-yillarda Godar va Pazolinining izdoshi bo‘lgan, kommunizm hamda freydizm bilan qiziqqan. Italiyalik mashhur tasvirchi Vittorio Storaro bilan doimiy hamkorlik qilgan.

“Konformchi” va “Parijdagi so‘nggi tango” filmlari unga mashhurlik olib kelgan.

“So‘nggi imperator” kartinasini sahnalashtirgani va ssenariy muallifi bo‘lgani uchun “Oskar” mukofoti bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют