» » Baxtsiz hodisa tufayli otasidan ayrilgan Abdulloh og‘ir kasallikka chalindi. Uning tuzalib ketishiga hissa qo‘shaylik!

Baxtsiz hodisa tufayli otasidan ayrilgan Abdulloh og‘ir kasallikka chalindi. Uning tuzalib ketishiga hissa qo‘shaylik!


7 yoshli Abdulloh Ibrohimov Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasi 1-bolalar bo‘limida davolanib kelmoqda. Unga o‘tkir leykoz, promiyelositar turi, (1-faol davri) tashxisi qo‘yilgan.

Abdullohbek 2018-yilning 8-avgust kunidan beri shu Gematologiya markazida davolanmoqda. Bola kasallangani tufayli bu yil maktabdan ham qolgan. Bir necha yil ichki ishlar tizimida ishlagan otasi Ixtiyorbek Xoldarov 2013-yilda 33 yoshida ro‘y bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida olamdan o‘tgan.

Hozirda Abdullohning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda. Shunga qaramay davolanishni to‘xtatmaslik zarur.

U hozirda uchinchi kurs davolanish muolajalarini olyapti. Yana navbatda asosiy kursdan uchtasi bor. Asosiy kurslar tugagandan keyin qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlovini davolanish muolajalarini olishi kerak. Qo‘llab-quvvatlovi 2 yil davom etadi va bunda 9 ta kurs bor. Bir kursi ikki oyni tashkil qiladi.

Hozirda har bitta kursga 20 million so‘mdan ziyod mablag‘ talab etilyapti. Dastlabki ikkita asosiy davolanish kurslari uchun 13 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ sarflangan.

Bu mablag‘larning ko‘pini yaqinlaridan, tanishlaridan qarz olishga majbur bo‘lishgan. Tanishlaridan qarindoshlardan olingan hozirgi paytdagi qarzdorlik miqdori 2,5 ming AQSh dollarini, dorixonadagi qarzi 13 million 223 ming so‘mni tashkil qiladi.

Birinchi kursda jiyanini dori-darmonlariga pul topa olmay, sarson bo‘layotgan opasiga rahmi kelib, Abdullohning tog‘asi uzog‘ini yaqin qilib, oila tebratishida asqotadigan mashina olish uchun to‘plagan mablag‘ini, oiladagi 7 ta molini ham sotib, dorilarga sarflagan.

Onasi Gulmira To‘rayevaning aytishicha, farzandi Abdulloh katta bo‘lsa, onasi uchun chiroyli uy qurmoqchi. Birga yashashni orzu qiladi. Ichki ishlar xodimi bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Hozirda oila Toshkent shahrida ijara uyda yashaydi. Gulmira opa o‘g‘lining davolanish xarajatlaridan tashqari har oy ijara uchun 150 AQSh dollari to‘laydi.

Abdullohning to‘laqonli davolash kursini o‘tash uchun oilaning moddiy tomondan qo‘li kaltalik qiladi. Ona farzandini darddan tezroq forig‘ bo‘lib, maktabga borib, a’lo baholarga o‘qib, kelajakda xalqqa foydasi tegadigan yumush bilan shug‘ullanishni orzu qiladi.

“Allohning sinovi ekan. Dushmanga ham ravo ko‘rmayman. Bolam tuzaladi nasib etsa. Ishonaman, yaxshi insonlar bor. Ular yordamga keladi albatta”, — deydi onasi.

Abdullohning onasi saxovatpesha insonlardan umid ila xolis yordam so‘ramoqda. Imkon qadar Abdullohning sog‘ayib ketishi uchun hissa qo‘shaylik!

Plastik karta orqali (Click, Payme) onasi Gulmira To‘rayeva nomiga ochilgan plastik karta raqami:

8600-0423-1083-4428

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasini pasport ma’lumotlari:

Gulmira To‘rayeva

Pasport raqami: AA 1170592

Onasi Gulmira To‘rayevaning telefon raqami:

+99897 335 85 07.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют