» » “Qo‘qon—1912” klubidan dunyoviy yangilik. Jamoaning yangi logotipida Xudoyorxon o‘rdasi yana bir bor asl holida aks etdi

“Qo‘qon—1912” klubidan dunyoviy yangilik. Jamoaning yangi logotipida Xudoyorxon o‘rdasi yana bir bor asl holida aks etdi


O‘zbekiston Oliy ligasida to‘p suruvchi “Qo‘qon—1912” klubi o‘z logotipini o‘zgartirdi, deb yozdi “Championat.asia”. Unda ham eskisida bo‘lgani kabi Xudoyorxon o‘rdasi asl holida aks etgan. Farqi, bu safar o‘rdaga olib kiruvchi yo‘lak ham undan joy olgan.

Logotipni kim ishlagani va unga qancha vaqt ketkazgani aniq emas. Logotip Paint’da ishlanganmi yoki boshqa dasturda ochiqlanmagan. Unga qancha mablag‘ sarf etilgani ham noma’lum.

Bunga qadar jamoa logotipi sariq rangda aks etgan bo‘lsa, endi u anchagina ko‘kargan. Shuningdek, Pele davrida o‘ynalgan to‘plar unda ko‘rinish bergan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda futbol ilk bor 1912-yil Qo‘qonda o‘ynalgan bo‘lib, jamoa ham shundan kelib chiqib “Qo‘qon—1912” deb yuritiladi.

Xudoyorxon o‘rdasi 1863-1873-yillarda barpo etilgan. U Qo‘qon xoni Xudoyorxon uchun atab qurilgan. Xonlik davrida futbol o‘yini kata ehtimol bilan o‘ynalmagan.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют