» » O‘zbekistonda 2019-yilda 15 mingta arzon uy-joy va kvartira quriladi

O‘zbekistonda 2019-yilda 15 mingta arzon uy-joy va kvartira quriladi


Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan qishloq joylarda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish va muhtoj oilalarni arzon uy-joy bilan ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Hujjatga muvofiq, 2019-yildan boshlab quyidagi yangi namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar quriladi:

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan, shuningdek, muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlanmagan hududlarda 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida bir qavatli 3 xonali arzon uylar;

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan, shuningdek, muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan hududlarda to‘rt qavatli (2 va 3 xonali) arzon uylar;

Shaharlarda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlari uchun besh qavatli (2 va 3 xonali) arzon uylar.

Qaror bilan 2019—2020-yillarda qishloq joylarda va fuqarolarning alohida toifalari uchun arzon uy-joylar qurilishi bo‘yicha, shuningdek, arzon uy-joy massivlarida tashqi muhandislik tarmoqlari, inshootlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

Ushbu ko‘rsatkichlarga ko‘ra 2019-yilda jami 15 ming 10 ta arzon uy-joy va kvartira qurilishi rejalashtirilgan. Ularning 11 ming 70 tasi uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, 2019-yilda fuqarolarning alohida toifalari (Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ichki ishlar organlari xodimlari) uchun jami 2 ming 10 ta kvartira quriladi.

2019-yil 1-iyulgacha arzon uy-joylar qurilishi monitoringi bo‘yicha axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Endilikda muhandislik-transport kommunikatsiyalariga ulanmagan, uzluksiz elektr va suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan arzon uy-joylar foydalanishga qabul qilinmaydi.

Tijorat banklari uy-joy quruvchilarga 2 yillik imtiyozli davr hamda 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida;

Qishloq joylardagi arzon uy-joylarni sotib olish uchun — 20 yil muddatga va boshlang‘ich badali 10 foiz miqdorida;

Fuqarolarning alohida toifalari tomonidan arzon ko‘p kvartirali uylarni sotib olish uchun — 15 yil muddatga va boshlang‘ich badali 25 foiz miqdorida ipoteka kreditlari taqdim etadi.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq Toshkent shahrida har yili Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari, qutqaruvchilari va xodimlari uchun 56 ta, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uchun 300 ta, ichki ishlar organlari xodimlari uchun 168 ta, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun 420 ta, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar uchun 66 takvartira ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют