» » Baxtiyor Abdug‘afurning “Sulton Jaloliddin Manguberdi” romani chop etildi

Baxtiyor Abdug‘afurning “Sulton Jaloliddin Manguberdi” romani chop etildi


“Yangi asr avlodi” nashriyotida yozuvchi Baxtiyor Abdug‘afurning “Sulton Jaloliddin Manguberdi” romani chop etildi. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.

“Ushbu asarni 8 yil davomida yozganman. Romanda Sulton Jaloliddin Manguberdi obrazi bilan birga ulkan imperiyaning tanazzuliga sababchi bo‘lgan shaxslardan biri, sulton Alouddinning onasi malika Turkonning fojeali qismatini tasvirlashni maqsad qilgandim”, — deydi asar muallifi.

Roman-dilogiyaning birinchi qismida Xorazmshohlar davlatining siyosiy, ma’naviy va harbiy inqirozi arafasidagi voqealar va Jaloliddin Manguberdining Chingizxon boshliq mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi badiiy gavdalantiriladi.

Asarda mo‘g‘ullar bosqini arafasida sulton Alouddin Muhammad Xorazmshohning musulmon dunyosi raisi, xalifa Nosiridinulloh Abul Abbos bilan murakkab va ziddiyatli munosabatlari, xalifaning Xorazmshohlarga qarshi Chingizxon bilan maxfiy yozishmalari hamda ulkan hududga cho‘zilgan mamlakatning tanazzuli o‘rta asr tarixchilari qoldirgan manbalar asosida tasvirlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 21:15)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют