» » Tramp: AQSh Yaqin Sharqdagi operatsiyalarga 6 trln dollar sarfladi, biroq hech narsaga erishmadi

Tramp: AQSh Yaqin Sharqdagi operatsiyalarga 6 trln dollar sarfladi, biroq hech narsaga erishmadi


Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda harbiy operatsiyalar va ittifoqdoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 6 trillion dollar sarfladi, biroq yakunda hech narsaga erishmadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda shtat gubernatorlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Biz Yaqin Sharqda 17 yil urush olib bordik. Buning uchun 6 trillion dollar sarflandi. Bu umuman aqlga sig‘maydi, axir biz hech narsaga erishmadik. Mintaqada vaziyat bundan 16—17-yil avvalgiga qaraganda yomon bo‘lsa bo‘ldiki, o‘nglanmadi.

Donald Tramp, AQSh prezidenti

Tramp 28-yanvar kuni AQSh ma’muriyatiga IShIDni tor-mor etishga qaratilgan yangi rejani ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan ko‘rsatmani imzoladi. Mudofaa vaziri Jeyms Mettis yaqin kunlarda mazkur rejaning dastlabki loyihasini taqdim etishi lozim.

Shuningdek, AQSh prezidenti Pentagondan IShIDga qarshi kurashni faollashtirish uchun yangi xorijiy sheriklarni topishni ham talab qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют