» » Toshkentning yana uchta tumanida yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini soddalashtirilgan tartibda almashtirish mumkin bo‘ldi

Toshkentning yana uchta tumanida yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini soddalashtirilgan tartibda almashtirish mumkin bo‘ldi


Shu vaqtga qadar milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish davlat xizmati tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahrining Mirobod, Uchtepa, Shayxontohur va Yunusobod tumanlari Davlat xizmatlari markazlari orqali soddalashtirilgan tartibda aholiga ko‘rsatib kelinmoqda edi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi ko‘magida yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini chop etish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar jalb etilib, 2018-yilning 26-noyabridan boshlab Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yashnobod tuman Davlat xizmatlari markazlarida yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish yo‘lga qo‘yildi.

2019-yilning 1-yanvariga qadar, mazkur davlat xizmatini Toshkent shahridagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yuborish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlari markazlari orqali milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish davlat xizmati 2021-yilning 1-yanvariga qadar soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun fuqarolarimiz pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni, shuningdek EKOIHning 70%i miqdorida to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi.

Sizdan ortiqcha hujjatlar talab etilganda Davlat xizmatlari agentligining 1148 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat etishingiz so‘raladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют