» » Ukrainaning “tajovuz xavf solayotgan” viloyatlarida harbiy holat joriy etildi

Ukrainaning “tajovuz xavf solayotgan” viloyatlarida harbiy holat joriy etildi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 28-noyabrdan 30 kun muddatga mamlakatning “tajovuz xavf solayotgan” viloyatlarida harbiy holatni joriy etishga qaror qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Bu Rossiya bilan chegara bo‘ylab hamda Qora va Azov dengizlari qirg‘oqlari yaqinida joylashgan Vinnitsa, Lugansk, Donesk, Odessa, Sumsk, Xarkov, Chernigov, Xerson viloyatlari va Azov dengizi akvatoriyasining ichki suvlaridir. Mazkur qaror “Rossiya tomonidan Azov dengizida vaziyat murakkab tus oldirilgani”ga javoban qabul qilingani bildirilmoqda.

Ukraina Oliy radasida Poroshenkoning ayrim viloyatlarda harbiy holatni joriy etish haqidagi qarorini 276 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 30 kishi qarshi chiqdi.

Ushbu muhokamadan so‘ng Rada yakdillik bilan Ukrainada prezidentlik saylovlarini 2019-yil 31-mart kuniga belgilash haqida qaror qabul qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют