» » O‘zbekistonda mol-mulkka bo‘lgan huquqni ishonchsiz ro‘yxatga olgan organlar yetkazilgan zararni qoplaydi

O‘zbekistonda mol-mulkka bo‘lgan huquqni ishonchsiz ro‘yxatga olgan organlar yetkazilgan zararni qoplaydi


O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi qonun 13-moddasini to‘ldirish to‘g‘risidagi loyihani ishlab chiqib, taqdim etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Hujjatda ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatiga ishonchsiz ravishda o‘tkazganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ishonchsiz ravishda ro‘yxatdan o‘tkazgan organlar ko‘chmas mulk obyekti uchun insof bilan shartnoma imzolagan tomonga yetkazilgan zararni qoplaydi.

Yetkazilgan zarar sud qarori bo‘yicha qoplanadi. Zarar miqdori va qoplash tartiblari O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, deyiladi hujjatda.

Qonun loyihasi muhokamasi 8-dekabrga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют