» » 2015-yilning “Moskva go‘zali” Malayziya qiroliga turmushga chiqdi

2015-yilning “Moskva go‘zali” Malayziya qiroliga turmushga chiqdi


Moskvada Malayziya qiroli Muhammad V Kelantan Sulton va 2015-yilning “Moskva go‘zali” unvoni sohibasi Oksana Voyevodinaning to‘yi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Zakon.kz”.

Islam News nashriga ko‘ra, nikoh marosimi 22-noyabr kuni Barvikha Concert Hall konsert zalida bo‘lib o‘tgan. Tantanali tadbir alkogolsiz o‘tgan, barcha taomlar halol bo‘lgan.

Nashrning aniqlik kiritishicha, qirol omma oldiga Malayziya milliy libosida, kelin esa ruscha kiyimda chiqqan.

Voyevodinani to‘yga qadar hijobda ko‘rishgani, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda u islomni qabul qilganligi ma’lum qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют