» » Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridagi eng arzon narx Namanganda, eng qimmati esa Qoraqalpog‘istonda kuzatilmoqda

Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridagi eng arzon narx Namanganda, eng qimmati esa Qoraqalpog‘istonda kuzatilmoqda


O‘zA O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan hamkorlikda avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalaridagi 1m/3 gazning sotilish narxini yana bir bor o‘rganib chiqdi.

Unga ko‘ra, Respublika bo‘yicha avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalaridagi 1m/3 gazning sotilish narxi quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1800 so‘mdan 2200 so‘mgacha;

Toshkent shahrida 1900 so‘mdan 1950 so‘mgacha;

Andijon viloyatida 1900 so‘mdan 2000 so‘mgacha;

Namangan viloyatida 1690 so‘mdan 1800 so‘mgacha;

Farg‘ona viloyatida 1800 so‘mdan 1950 so‘mgacha;

Sirdaryo viloyatida 1700 so‘mdan 1800 so‘mgacha;

Jizzax viloyatida 1900 so‘m;

Samarqand viloyatida 1800 so‘mdan 2000 so‘mgacha;

Buxoro viloyatida 1700 so‘mdan 2100 so‘mgacha;

Navoiy viloyatida 1900 so‘mdan 2000 so‘mgacha;

Qashqadaryo viloyatida 1900 so‘m;

Surxondaryo viloyatida 1900 so‘mdan 2000 so‘mgacha;

Xorazm viloyatida 1900 so‘m.

Eng arzon avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalaridagi 1m/3 gaz narx Namangan shahridagi “Ezgu niyat sari” MChJ hamda “Ezgu niyat” MChJda ekani aniqlandi — 1690 so‘m.

Eng qimmat narxlar esa Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi “Avtodakar” MChJ (2200 so‘m), Buxoro (2100 so‘m), Surxondaryo, Navoiy, Samarqand, Andijon viloyatlarida (2000 so‘mgacha).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют