» » “O‘zbekkino” rahbari PROlogue xalqaro kinofestivalida nega aynan “Sarviqomat dilbarim” filmi ishtirok etishiga oydinlik kiritdi

“O‘zbekkino” rahbari PROlogue xalqaro kinofestivalida nega aynan “Sarviqomat dilbarim” filmi ishtirok etishiga oydinlik kiritdi


PROlogue IV xalqaro kinofestivalining to‘liq metrajli filmlar tanlovida O‘zbekiston nomidan “Sarviqomat dilbarim” filmi ishtirok etamoqda. “O‘zbekkino” MA bosh direktori Furqat Zokirov jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida kinofestivalda nega aynan “Sarviqomat dilbarim” filmi ishtirok etayotganiga oydinlik kiritdi.

Kinofestival qonun-qoidasiga binoan premyerasi bo‘lib o‘tgan filmlar tanlovda  ishtirok etishi belgilangan. Menimcha xalqaro kinofestivalda muhabbatni kuylagan film ishtirok etsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Sarviqomat dilbarim” filmi “O‘zbekkino”  badiiy kengashi a’zolari, film premyerasiga kelgan  muxlislar hamda kino mutaxasislar tomonidan juda ham yaxshi baholandi. Mashhur adib Chingiz Aytmatovning asari asosida suratga olingan ushbu film, insonni o‘ylashga, fikrlashga va eng muhimi yoningdagi insonni qadriga yetishni o‘rgatadigan filmdir. Bungacha ushbu asar asosida uch marotaba film suratga olingan. Festival saralash hay’ati a’zolari tomonidan ham aynan ushbu film tanlandi. Bundan tashqari, festival nizomiga muvofiq, ushbu tanlovda o‘ttiz besh yoshgacha bo‘lgan rejissor ishtirok etishi mumkin edi.

Furqat Zokirov, “O‘zbekkino” MA bosh direktori

PROlogue IV Xalqaro kino festivali O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan “O‘zbekkino“ milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют