» » BMT sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi (foto)

BMT sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi (foto)


Birlashgan Millatlar Tashkilotining sakkizinchi Bosh Kotibi Pan Gi Mun O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turibdi, deb yozadi O‘zA.

Tashrif doirasida BMT sobiq Bosh Kotibi Pan Gi Mun O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ko‘p yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohida bo‘ldi.

Bu yerda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi joylashgan.

Delegatsiya a’zolariga majmua faoliyati, bu yerda olib borilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi.

Pan Gi Mun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi.

Buyuk davlat arbobi, O‘zbekiston mustaqilligi asoschisining yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют