» » Qamchiq dovonining qishki mavsumga tayyorligi masalasi ko‘tarildi

Qamchiq dovonining qishki mavsumga tayyorligi masalasi ko‘tarildi


“Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Qamchiq dovonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mamlakat hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning profilaktikasini tashkil etish, sel-toshqin va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq vaziyatlardan aholini muhofaza qilish borasida qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

Ma’lumki, Qamchiq dovoni Farg‘ona vodiysi viloyatlarini mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan, ular o‘rtasida transport hamda yo‘lovchilar qatnovini ta’minlaydigan asosiy yo‘ldir. Mazkur avtomobil yo‘lidan kuniga qariyb 10-15 mingdan ortiq avtotransport vositasi harakatlanadi.

So‘nggi yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan dovon orqali avtotransport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida harakatni nazorat qilish va uning xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Biroq avtomobil yo‘lining turli qismlarida qor ko‘chish, sel kelishi, ko‘chki va tosh tushish xavfi bo‘lib turadi.

– Ayniqsa, qish oylarida dovonda avtotransport vositalarining harakatlanishi ancha qiyinlashadi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Hasan Bog‘bonov. – Shu kabi salbiy holatlar bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan birga oldindan tegishli axborotlar tayyorlanib, aholini vaqtida ogohlantirish choralari ko‘riladi. Bugungi kunda dovonning avtomobil yo‘lida 40 dan ortiq xavfli obyekt mavjud. Mavsumiy tabiiy ofatlarni inobatga olgan holda dovonda joriy yil 70 dan ortiq muhandislik-himoya qurilmalari, maxsus galereyalar, qor ushlab turuvchi shit, dambalar va to‘xtatuvchi qoziqlar o‘rnatildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi qoshida “Qamchiq” yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati tashkil etilgan. Uning vazifasi aholi va tezkor xizmatlar, hamkor vazirlik va idoralarga favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida ma’lumot berishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют