» » Farg‘ona tumanidagi kasb-hunar kolleji bitiruvchilari yirik korxonalarga “biznes-sayohat”ga chiqdi

Farg‘ona tumanidagi kasb-hunar kolleji bitiruvchilari yirik korxonalarga “biznes-sayohat”ga chiqdi


Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarida tadbirkorlik tushunchasini shakllantirish maqsadida “Yoshlar bandligiga ko‘maklashish haftaligi” doirasida Farg‘ona tumanidagi kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining yirik ishlab chiqarish korxonalariga sayohati tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sayohat davomida yoshlar tumandagi rezina mahsulotlarini qayta ishlab, ulardan to‘shamalar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan Rubber Gold korxonasi, qariyb 1,5 ming tonna meva va sabzavotlarni saqlashga mo‘ljallangan “Billur parvoz” muzlatkichli xonalari, paxtadan sanoatda foydalaniladigan ip ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan Fergana Osiana Textile qo‘shma korxonasiga tashrif buyurib, bevosita tadbirkor faoliyati bilan tanishishdi.

“Ushbu sayohat davomida tadbirkorlarning bu yutuqlarga qanday mashaqqatlar bilan erishishgani, tinimsiz mehnat va izlanuvchanlik orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin ekanligini o‘rgandim. Men ham kollejni tamomlab, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi yordamida kredit olaman va o‘z tadbirkorligimni boshlayman”, — deydi Otabek Karimov.

Bu kabi uchrashuv va sayohatlar yoshlarga izlanish, kelajakka yorqin ko‘z bilan qarash, Vatan ravnaqi uchun doim daxldor bo‘lish hissini uyg‘otadi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют