» » “Sirdaryo asali” ko‘rgazmasida 3 tonnaga yaqin 10 turdagi asal va asal mahsulotlari namoyish etildi

“Sirdaryo asali” ko‘rgazmasida 3 tonnaga yaqin 10 turdagi asal va asal mahsulotlari namoyish etildi


Guliston shahrida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Sirdaryo asali” ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi va Sirdaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda asalarichilar tomonidan 3 tonnaga yaqin 10 turdagi asal va asal mahsulotlari namoyish etildi.

Ko‘rgazma ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar barcha sohalarda yuksak samaralar berayotgani, xususan, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi muttasil ortib borayotgani ta’kidlandi.

– Prezidentimizning 2017-yil 16-oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohaning istiqboldagi ustuvor vazifalarini belgilab olishda asalchilar uchun ham dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda, – deydi Sirdaryo viloyati asalarichilik uyushmasi raisi Bekzod Olimov. – Ayni paytda viloyatda 300 ga yaqin shaxsiy asalarichilik korxonasi mavjud bo‘lib, ular tomonidan yiliga 400 tonnaga yaqin toza asal yetishtiriladi. Lekin ularning bor-yo‘g‘i 70 tasigina uyushmaga a’zo, xolos. Prezidentimizning ushbu qaroriga muvofiq, uyushmaga a’zo bo‘lganlar imkoniyati yanada ortdi. Ya’ni ular o‘zlari yetishtirgan mahsulotni uyushma ko‘magida eksportga chiqarish, korxona faoliyatini kengaytirish va boshqa holatlarda qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Ko‘rgazmada ana shular haqida ham ma’lumot berildi.

Bekzod Olimov uyushmaga raislik qilish bilan birga, 10 yildan buyon asalchilikka ixtisoslashgan “Nihol sehri savdo servis” xususiy korxonasini ham boshqaradi. Jamoa a’zolari ayni paytda 580 asalari oilasini parvarish qilib, yiliga o‘rtacha 4-5 tonnaga yaqin asal yig‘ib olmoqda. Xususiy korxonada asal, asal mumi, bolari changi, asalari suti kabi turfa mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.

Bundan tashqari, korxonada asalari uchun quti, mumparda moslamalari yasash, zotli asalari tuxumi yetishtirish ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda korxonada 10 kishi mehnat qilayotir. Istiqbolda jamoa a’zolari asal va asal mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash sexlari tashkil etish, eksportni yo‘lga qo‘yish, asalari oilasini ko‘paytirib, hosildorlikni yanada oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirgan.

Uch kun davom etgan asal bayramida asalarichilar tomonidan taqdim etilgan 3 tonnaga yaqin 10 xildagi asal hamda asal mumi, bolari changi, asalari suti kabi arzon narxlardagi turfa mahsulotlar xaridorgir bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют