» » O‘zbekistonlik 5-sinf o‘quvchisi Vladimir Spivakov fondining iqtidorli bolalar ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekistonlik 5-sinf o‘quvchisi Vladimir Spivakov fondining iqtidorli bolalar ro‘yxatiga kiritildi


Moskvada bo‘lib o‘tgan Vladimir Kraynev nomli II pianinochilar xalqaro tanlovida O‘zbekistondan Samarqand shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabi 5-sinf o‘quvchisi Darya Axtamova ishtirok etdi. Bu haqda “Samarkandskiy vestnik” xabar bermoqda.

Tanlovda AQSh, Xitoy, Ukraina, Gruziya, Sloveniya, Ozarbayjon, Yaponiya va Janubiy Koreyadan kelgan 120 nafar yosh sozanda ishtirok etdi.

Bax, Motsart, Shopen, M. Mashkovskiy va K. Cherni asarlaridan iborat murakkab dasturni ijro etgan Darya nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan e’tirof etildi va Vladimir Spivakov fondi iqtidorli bolalar ro‘yxatiga kiritildi. U mart oyi oxirida xalqaro tanlovning uchinchi bosqichida qatnashadi.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют