» » “O‘zbekinvest” kompaniyasi oktabr oyida 4 mlrd so‘m sug‘urta qoplamalarini to‘lab berdi

“O‘zbekinvest” kompaniyasi oktabr oyida 4 mlrd so‘m sug‘urta qoplamalarini to‘lab berdi


Sug‘urta tashkiloti mijozining sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga baxtsiz hodisa oqibatida zarar yetganda unga moliyaviy ko‘mak berish sug‘urta kompaniyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi, deyiladi O‘zA xabarida.

“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan mijozlar oldida olingan majburiyatlarni bajarish maqsadida tunu-kun ishlovchi dispetcherlik xizmati faoliyat yuritayotgan bo‘lib, sug‘urta hodisasi yuzasidan qilinadigan har bir murojaat imkon qadar tez ko‘rib chiqilib, sug‘urta qoplamasini o‘z vaqtida to‘lab berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2018-yilning oktabr oyi davomida “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan jami 847 ta sug‘urta da’volari ko‘rib chiqilib, qariyb 4 milliard so‘m sug‘urta qoplamasi to‘lab berilgan. Shundan 84 foizi sug‘urtaning ixtiyoriy turlariga, 16 foizi esa majburiy turlar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yil boshidan buyon esa kompaniya tomonidan o‘z mijozlariga jami 8211 ta sug‘urta da’volari bo‘yicha 28,2 milliard so‘mdan ortiq sug‘urta qoplamalari to‘lab berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 133) ( 0) ( 131) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют