» » Bishkekda Markaziy Osiyodagi suv resurslaridan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda

Bishkekda Markaziy Osiyodagi suv resurslaridan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda


Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) hamda USAID tomonidan tashkillangan “Suv. Ta’lim. Hamkorlik” mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi. Bu haqda “Daryo”ga markazning Toshkent ofisi mutasaddilari ma’lum qildi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston vaAfg‘onistondan bir qator mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar, tegishli idora va muassasalar vakillari — jami 150 dan ortiq ishtirokchi qatnashayotgan ushbu anjumanda suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etiladi.

— Ma’lumki, suv resurslaridan oqilona foydalanish bugun sayyoramizdagi eng muhim, global muammolaridan sanaladi, — deydi MOMEMning “Suv, Ta’lim. Hamkorlik” loyihasi menejeri Yekaterina Strikeleva. — Mintaqamizda Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon singari yirik suv havzalaridantashqari 200 dan ortiq kichik daryo mavjud bo‘lsa-da, suv tanqisligi bilan bog‘liq muammolar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Ayniqsa, transchegaraviy daryolardan foydalanish bo‘yicha mavjud muammolarni birgalikda va oqidona hal etish lozim. Bugun 6 davlatdan tashrif buyurgan vakillar ishtirokida mintaqamizdagi 8 ta kichik transchegaraviy daryolardagi vaziyat mutaxassislar ishtirokida tahlil qilinadi.

Ayni paytda Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologiya markazi bir qator xalqaro tashkilotlar bilan kichik suv havzalari kengashlarini tuzish bo‘yicha hamkorlik qilib keladi.

Mazkur anjumanda ham mintaqadagi kichik suv havzlaridan tejamkorlik bilan, o‘zaro kelishilgan holda foydalanish, turli sohalarda suvning ortiqcha isrof bo‘lishigat yo‘l qo‘ymaslik, ushbu yo‘nalishlarda innovatsion uslublardan foydalanish, suv tanqisligini oldini olishda mutasaddilarning diqqat-e’tiborini kuchaytirish singari masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.

Forumda ekspertlar, olim va mutaxassislarning ushbu yo‘nalishdagi muammlarni hal etishning maqbul usullari, mintaqadagi Isfara, Asfana, Oqsuv, Kurkureu, Murg‘ob, Yomonjar, Shahrixonsoy singarikichik daryolarning bugungi holati haqida ma’ruzalari, ko‘rgazmali chiqishlari o‘rin olgan.

—Ushbu forum kun tartibiga kiritilgan kichik suv havzalaridanbiri Podsho-ota daryosi hisoblanadi,  — deydi forum ishtirokchisi, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari Komiljon Turdiyev. — Daryo Qirg‘iziston hudidan boshlanadi, O‘zbekiston orqali o‘tib, yana ushbu qo‘shni davlat hududiga oqib kiradi. 1980-yildagi kelishuvga binoandaryo suvining 64 foizidan O‘zbekiston, 36 foizidan esa Qirg‘iziston tomoni foydalanadi. Podsho-ota daryosi suvlaridan foydalanish bo‘yicha Qirg‘iziston vakillari bilan o‘zaro kelishilgan holda ish olib borilmoqda. Ushbu forum bu boradagi masalalarni yanada aniqlashtirishda katta samara beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют