» » Moskva metrosida 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi poyezd g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘ldi

Moskva metrosida 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi poyezd g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘ldi


Moskva metrosining “Yugo-Zapadnaya” bekatida 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi poyezd g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘ldi, deb yozadi “Podrobno.uz” Moskva metropoliteni matbuot xizmatiga tayanib.

“16:45 atrofida “Yugo-Zapadnaya” metro bekatida baxtsiz hodisa yuz berdi, 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bekatga kirib kelayotgan elektr poyezd yo‘liga tushib ketdi. Ushbu vaziyatni ilg‘agan machinist shoshilinch tormoz berdi, ammo poyezd inersiya tufayli harakatini davom ettirib, yo‘lovchini bosib ketdi”, — dedi Moskva metropoliteni matbuot kotibi.

Erkak olgan jarohatlari tufayli halok bo‘ldi. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam brigadasi uning o‘limini qayd etdi.

Ayni paytda holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют