» » Toshkentda ham Eyfel minorasi barpo etiladi

Toshkentda ham Eyfel minorasi barpo etiladi


Toshkentdagi “Damariq” kanalining Olmazor tumani, “Taraqqiyot” ko‘chasidan oqib o‘tuvchi qismida “Soy bo‘yi sayilgohi” dam olish maskanini barpo etish loyihasi asosida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Dam olish maskani barpo etilishiga tamal toshi qo‘yilishi arafasida “Damariq” kanali atrofida noqonuniy qurilmalar aniqlanib, 18 ta turar va 9 ta noturar joy ob’ekti buzildi, daraxtlarga shakl berildi, kanal atrofi obodonlashtirildi.

“Soy bo‘yi sayilgohi” dam olish maskanida jahonning turfa shaharlari ramzlariga aylangan Parij shahridagi Eyfel, Londondagi Big Ben, Buxoroi sharifdagi Minorai Kalon singari dunyoga dong‘i ketgan obidalar qiyofasini aks ettiruvchi binolar ham bunyod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Namangan shahrida Eyfel minorasining 19 metrli nusxasi o‘rnatilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют