» » Freedom Finance’dan Road Show: O‘zbekistonliklar Qo‘qon mexanika zavodi aksiyalariga egalik qilish evaziga daromad qilishlari mumkin

Freedom Finance’dan Road Show: O‘zbekistonliklar Qo‘qon mexanika zavodi aksiyalariga egalik qilish evaziga daromad qilishlari mumkin


Joriy yilning noyabr oyida xalq SPOsi – investorlar tomonidan Qo‘qon mexanika zavodi aksiyalarini sotib olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Freedom Finance’ investitsion kompaniyasi asoschisi Timur Turlov mamlakatning bu yo‘nalishdagi imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi va O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab keng ko‘lamdagi road show boshlanishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston hukumatining Qo‘qon mexanika zavodi aksiyalarini birjaga chiqarish borasidagi qarori korxonalarni xususiylashtirish milliy strategiyasi doirasida qabul qilindi. Ommaviy taklif tashabbuskori “O‘zneftgazmash” AJ, ommaviy taklif tashkilotchisi – O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, aksiyalarga egalik qilish bilan bog‘liq xatti-harakatlar tashkilotchisi esa, joriy yilning sentabr oyida “Toshkent” fond birjasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan Freedom Finance’ investitsion kompaniyasidir.

Qo‘qon mexanika zavodi – O‘zbekiston mashinasozlik tarmog‘ida peshqadamlik qiluvchi va “O‘zbekneftgaz”ning asosiy yetkazib beruvchi tashkilotidir. Kompaniya neftgaz va kimyo sohasi uchun uskunalarni o‘z ichiga olgan 50 turdan ziyod mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Qo‘qon mexanika zavodining asosiy aksiyadori “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi qoshidagi “O‘zneftgazmash” aksionerlik jamiyatidir. Ikkilamchi joylashtirish (SPO) doirasida zavodning 2,2 mln aksiyalarini sotish mo‘ljallanmoqda, bu, o‘z navbatida, “O‘zneftgazmash” ulushini 64,08% gacha tushiradi va boshqa aksiyadorlar ulushini 35,92%ga chiqaradi. Aksiyalarni sotish natijasida tushgan mablag‘lar ishlab chiqarishni yangilash, kengaytirish va modernizatsiya qilishga, hamda yangi bozorlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.

“Oxirgi besh yil davomida Qo‘qon mexanika zavodi daromadlari barqoror o‘sib bormoqda, 2017-yilda esa rekord raqam – 84 mlrd so‘mga erishildi. 2017-yilda sof foyda 2016-yil bilan solishtirganda 33%ga o‘sdi, so‘ngi besh yil ichida dividendlar miqdori 2,7 barobar oshdi. Qo‘qon mexanika zavodinining Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston va Turkmaniston bozorlariga chiqishi sababli aksiyalar kursining o‘sishi kutilmoqda. Bundan tashqari, mahsulotlar xilma-xilligini orttirish va yangi xizmatlarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Ishlab chiqarishning barqaror o‘sishi investorlarga doimiy daromadni ta’minlab berishga imkon yaratadi”, — deb ta’kidladi, “Qo‘qon mexanika zavodi” boshqaruvi raisi Sh. Yo‘ldashev.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Qo‘qon mexanika zavodi aksiyalari narxi 1,5 barobar ortishi mumkin. Yangi bozorlarga chiqish va ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilish hisobiga kompaniyaning daromadlari oshishi kutilmoqda.

“Fond bozorining jonlanishi bilan O‘zbekiston aholisi orasida investitsiya kiritish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. AQSh aholisining 78%i o‘z mablag‘larini bank hisob raqamlarida yoki omonat jamg‘armalarida emas, balki aksiyalar qo‘rinishida saqlaydilar. Koreyada bu ko‘rsatkich 30%ni tashkil etadi, O‘zbekistonda esa atigi 1%.ni. Joriy yilda o‘zbek investorlari “Kvars” zavodi aksiyalari orqali daromad oldilar, zavod aksiyalari narxi yarim yil ichida 64%ga oshib ketdi. Qo‘qon mexanika zavodi aksiyalari ham munosib tarzda foyda keltiradigan takliflardan biridir. Aksiyalar valyuta kursining o‘sishi evaziga, hamda dividend shaklida daromad olish maqsadida sotib olinishi mumkin. 2013 yildan e’tiboran sof foydaning 13%dan 15%gacha bo‘lgan miqdori dividend shaklida to‘lanmoqda, va u 2017 yilda 1,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. Zavodning asosiy buyurtmachilari “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bo‘lganligi sababli, Qo‘qon mexanika zavodi avtomatik ravishda ishonchli va barqaror tashkilot ekanligi namoyon bo‘ladi”, — dedi Freedom Finance investitsion kompaniyasi asoschisi va egasi Timur Turlov.

Qo‘qon mexanika zavodi aksiyalarini ham yuridik, ham jismoniy shaxslar, shuningdek chet ellik investorlar sotib olishlari mumkin. Buning uchun Freedom Finance investitsion kompaniyasiga murojaat qilish zarur. Kompaniya, o‘z navbatida, investor uchun “Toshkent” fond birjasida hisob raqamini ochib beradi, moliyaviy axborot bilan ta’minlaydi va kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun ruxsatnoma beradi.  MChJ CHEK orqali Qo‘qon mexanika zavodi SPO’sida ishtirok etish uchun buyurtma bergan jismoniy shaxslar Chevrolet Malibu avtomobilini yutib olish imkonini qo‘lga qiritadilar. Buyurtmalarni qabul qilish 2018-yilning dekabriga qadar davom etadi.

O‘zbekiston fond bozorining investitsion xususiyatlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni Freedom Finance maslahatchilari bilan uyushtiriladigan uchrashuvlar chog‘ida olish mumkin. Ular Road Show dasturi doirasida O‘zbekistonning 7 ta shahriga tashrif buyuradilar.

Ma’lumot uchun:

“Qo‘qon mexanika zavodi” AJ aksiyalarini SPO orqali sotish Vazirlar Mahkamasining “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy joylashtirishni tashkillashtirish” haqidagi 10.05.2018 y., 268-sonli qarori orqali tasdiqlandi. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 17.01.2017-y., PF-4933-sonli Farmonini bajarish maqsadida, shuningdek davlat mulki obyektlarini sotishga oid keng xalqaro tajribani tatbiq etish va fond bozorlariga keng ommani jalb qilish maqsadlarida qabul qilingan edi.

Freedom Finance haqida

Freedom Finance – xususiy investorlarga O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Qozog‘iston, Rossiya, AQSh va Yevropa fond bozorlariga kirishni ta’minlovchi Markaziy Osiyoning yetakchi sarmoyaviy brokeri. Kompaniya Rossiyada 36 ta ofis, Qozog‘istonda 16 ta vakolatxonalar, shuningdek Kiyev, Toshkent va Bishkekda o‘z shaxsiy ofislaridan iborat tarmoqni barpo etgan. Kompaniya mijozlar soni bo‘yicha Qozog‘istonda birinchi o‘rinni (49 mingdan ortiq) va Rossiyada 9-o‘rin (24 mingdan ortiq) ni egallagan. Rossiyada Freedom Finance xuddi shu nomdagi bank (Freedom Finance banki, FFIN Bank), Freedom24 aksiyalarining chakana internet-magazini, shuningdek Nettrader kompaniyasi va Tradernet platformasiga egalik qiladi.

Freedom Finance o‘rta biznes segmentidagi kompaniyalar uchun faol ravishda investitsion banking yo‘nalishini rivojlantirmoqda. Freedom Finance Qozog‘istonda “BAST” AJ, “AZM” AJ, “Ostona banki” AJ qimmatli qog‘ozlarining joylashtirilishini muvaffaqiyatli ravishda tashkillashtirdi.

Kompaniya Freedom Holding Corp. xalqaro xoldingi tarkibiga kiradi. Xolding kompaniyasining aksiyalari AQShning OTCQX Best Market ro‘yxatiga olingan va investorlar uchun ommaviy taklifda turadi, aksiyalari FRHC tikeri ostida kotirovka qilinadi. Xolding faoliyati Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiya (SEC, AQSh) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Kompaniyalar guruhining shaxsiy sarmoyasi 109 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Mijozlar hisob varaqlaridagi mablag‘ aylanmasi - 14 mlrd AQSh dollari, mijozlar aktivlari miqdori 900 mln. AQSh dollaridan ortiq, mijoz hisob varaqlari soni 100 mingdan ortiq. Bozorda 2008-yildan buyon faoliyat yuritadi.

Freedom Holding Corp.ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi MChJ shaklidagi Freedom Finance chet el korxonasidir. Filiallar tarmog‘i Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qarshi va Nukus shaharlarini qamrab olgan. Freedom Finance strateglari tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar, ishtirokchilarga yirik milliy korxonalar sheriklariga aylanishlari maqsadida o‘z aktivlarini moliyaviy jihatdan to‘g‘ri boshqarishga yordam beradi. Kompaniya barcha xohlovchilar ishtirok eta oladigan o‘quv dasturlarini muntazam ravishda tashkillashtirib keladi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют