» » O‘zbekistonlik jurnalistlar Novovoronej AESga tashrif buyurdi

O‘zbekistonlik jurnalistlar Novovoronej AESga tashrif buyurdi


Bir guruh o‘zbekistonlik jurnalistlar Rossiya atom texnologiyalarini o‘rganish maqsadida Rossiyaning Novovoronej atom elektr stansiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, O‘zbekistonda Rossiya texnologiyalari asosida VVER-1200 reaktorli atom elektr stansiyasini (AES) qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirish ishlari boshlangan. Novovoronej AES-2 O‘zbekiston tomonidan referent (o‘xshash) Rossiya texnologiyalariga asoslangan loyiha sifatida tanlangan.

2018-yil 19—22-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan press turda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahliliy multimediyali markazining suratga olish guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Markazning bosh prodyuseri Jahongir Abdurahmonov ta’kidlaganidek, safarning asosiy maqsadi – Novovoronej atom elektr stansiyasi faoliyati bilan tanishuv va tinchlikka mo‘ljallangan atomga bag‘ishlangan maxsus reportajni yaratishdan iborat edi. Buning sababi shundaki, O‘zbekiston aholisi atom elektr stansiyasi qanday ishlashi, uning faoliyati qanday tamoyillarga asoslangani, shu jumladan, samaradorligi va xavfsizligi masalalariga qiziqish bilan qaraydi.

Novovoronej AES va atomchilar shahriga safar qilish davomida jurnalistlar “3+” avlodiga mansub innovatsiyaviy energoblokning asosiy obyektlari: mashina zali, blok boshqaruv punkti, sachratuvchi havza, markaziy boshqaruv sshitini borib ko‘rishdi. Ular Novovoronej AES o‘quv-mashq punktiga tashrif buyurdi. Uning negizida rossiyalik va xorijiy mutaxassislar ta’lim oladi va malakasini oshiradi.

Novovoronej AES rahbarlari va mutaxassislari, shahar hokimiyati vakillari bilan uchrashuvlar uyushtirildi.

Bundan tashqari, jurnalistlar shahar bo‘yicha tanishuv ekskursiyasini amalga oshirdi, Novovoronejning sport muassasalari – muz arenasi va ko‘pfunksiyali stadion, rekonstruksiya qilingan sovutuvchi havza qirg‘og‘i, Pervostroiteley xiyobonini tomosha qildi. Shahar infratuzilmasini, shu jumladan, tabiiy emanzordan tashkil topgan shahar bog‘ini ekologik nuqtayi nazardan baholadi.

Uchrashuvlar davomida Novovoronej AES direktori Vladimir Povarov ta’kidlaganidek, O‘zbekiston bugungi kunda yadroli davlatga aylanish, demak, energetika va sanoatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qudratli elektrenergiya manbasiga ega bo‘lish arafasida turibdi.

“Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi – yadro energiyasidan foydalanish sohasiga endi duch kelayotgani yo‘q. Toshkentda Yadro fizikasi instituti mavjud bo‘lib, unda o‘z tadqiqot reaktori amal qiladi. Novovoronej atom stansiyasining 50 yil davomida faoliyat yuritishi AES dan ijobiy foydalanish tajribasiga yaqqol misol bo‘la oladi – ushbu davr ichida atom energobloklarining atrof-muhitga salbiy ta’siri aniqlanmagan” – deb ta’kidlaydi V.Povarov.

Rossiyaga qilingan safar davomida o‘zbekistonlik jurnalistlar, shuningdek, Moskvadagi “Rusatom – Xalqaro tarmoq” kompaniyasining bosh ofisiga ham tashrif buyurdi, u yerda kompaniya boshlig‘i Aleksandr Merten bilan intervyu tashkil qilindi.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi poyxatida suratga olish guruhi a’zolarining Milliy tadqiqot yadro universitetida (MIFI) ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Press-tur ishtirokchilari universitet rektori Mixail Strixanovdan intervyu oldi.

Safar yakunlari bo‘yicha olingan reportaj “O‘zbekiston 24” telekanali orqali namoyish qilinishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 19-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tomonidan O‘zbekistonda rossiyacha dizayn asosida birinchi AES qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga tantanali start berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют