» » O‘zbekiston parlament delegatsiyasi MDH Parlamentlararo Assambleyasining 48-majlisi ishida ishtirok etadi

O‘zbekiston parlament delegatsiyasi MDH Parlamentlararo Assambleyasining 48-majlisi ishida ishtirok etadi


Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi (PA) Kengashining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi parlament delegatsiyasi 2018-yil 29—30-noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan MDH PA 48-majlisi ishida ishtirok etadi, deb xabar berdi Oliy Majlis Senati axborot xizmati.

MDH PA xalqaro tashkilot bo‘lib, uning asosiy vazifasi MDH ishtirokchi davlatlarining qonun hujjatlarini yaqinlashtirishga qaratilgan model qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishdan iboratdir.

O‘zbekiston avval ham mazkur tashkilot tadbirlarida ishtirok etgan. MDH PAning navbatdagi majlisida shaxsiy ma’lumotlar, turizm, axborotga oid rivojlanish, ta’lim sifatini oshirish kabi masalalar yuzasidan qator model hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют