» » “O‘zbekenergo” Xorazmda elektr ta’minoti uzilib qolishiga izoh berdi

“O‘zbekenergo” Xorazmda elektr ta’minoti uzilib qolishiga izoh berdi


Xorazmda 26—noyabr, dushanba kuni uzoq vaqt mobaynida elektr ta’minoti uzilib qolishiga “Xorazm” stansiyasidagi yirik avariya sabab bo‘lgan, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

26-noyabr kuni soat 3:00 dan 16:00 gacha viloyat ma’muriy markazi Urganch va boshqa bir qator tumanlarda elektr ta’minoti o‘chib qolgan.

Nashrning qayd etishicha, sovuq kunlarda O‘zbekiston viloyatlarida elektr ta’minotining uzilib qolishi issiqlik elektr stansiyalari katta bosim ostida ishlashi bilan bog‘liq — gaz yo‘qligi uchun odamlar uyni isitish va ovqat tayyorlash uchun elektr tokidan foydalanadi.

“O‘zbekenergo” elektr ta’minotidagi uzilishlarga barham berish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qilgan, biroq aynan qanday choralar ko‘rilayotganiga aniqlik kiritmagan.

Shuningdek, kompaniyaning ma’lum qilishicha, issiqlik elektr stansiyalariga gaz yetarli miqdorda yetkazib berilmayotgani sabab ular to‘liq quvvatda ishlay olmayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют