» » Abdulaziz Komilov Shveysariyada AQSh davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Shveysariyada AQSh davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari bilan uchrashdi


2018-yilning 27-noyabr kuni Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok maqsadida Shveysariyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Jeneva shahrida AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi birinchi o‘rinbosari Elis Uells bilan uchrashdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil maydagi AQShga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni tadbiq etish doirasida O‘zbekiston—AQSh hamkorligini rivojlantirishning amaliy jihatlari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatga oid ayrim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda o‘z ishini boshlayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya kun tartibi va ushbu davlatdagi tinchlik jarayonini boshlash yuzasidan fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют