» » Tojikiston Adliya vazirligi O‘zbekiston qonunchiligidagi islohotlarga yuqori baho berdi 

Tojikiston Adliya vazirligi O‘zbekiston qonunchiligidagi islohotlarga yuqori baho berdi 


27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Mahmud Istamov Tojikiston respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Abdumannon Xoliqzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv 2018-yilning 18-avgust kuni Adliya vazirliklar o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuv doirasida tashkil etildi.

Tomonlar davlatning huquqiy siyosatini shakllantirish, adliya organlari, notarius va advokatlar faoliyatini tashkil etish, huquq sohasidagi kadrlar almashish, tayyorlash hamda ularning malakalarini oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan vazirlik vazifalari va funksiyalari, davlat xizmatlarini taqdim etish, huquqiy targ‘ibot, shuningdek notariat va advokaturaning koordinatsiyasi borasida faoliyatni o‘z ichiga olgan taqdimot o‘tkazildi.

Abdumannon Xoliqzoda tomonidan O‘zbekistonda qonun ijodkorligi va ustuvorligi, adliya, davlat xizmatlari, notariat va advokatura institutlari faoliyatidagi o‘zgarishlar va islohotlarga yuqori baho berildi.

Tojikiston Adliya vazirligining O‘zbekistonga tashrifi 1-dekabrga qadar davom etadi. Delegatsiya tashrif davomida Buxoro va Samarqandga tashrif buyurib, Buxoro davlat xizmatlari Markazi, Samarqand notarial idora hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют