» » Rossiya xalq artisti Yuriy Stoyanov: O‘zbeklar — dono, buyuk va kamtarin xalq! (video)

Rossiya xalq artisti Yuriy Stoyanov: O‘zbeklar — dono, buyuk va kamtarin xalq! (video)


Ijtimoiy tarmoqda Rossiya xalq artisti Yuriy Stoyanov O‘zbekiston oldida qarzdor ekanligini tan olganligi haqida video rolik paydo bo‘ldi, deb yozadi Sputnik.

“Men Odessada tug‘ilib, butun umr Moskva va Peterburgda yashagan odam O‘zbekiston haqida gapishirim uchun hayron bo‘lmanglar. Aynan shu mamlakat tufayli men Odessada tug‘ilganman”, — dedi aktyor videoda.

Urush yillarida artistning onasi oilasi bilan Stalingraddan Toshkentga evakuatsiya qilingan.

“Mening onam o‘zbek o‘qituvchisi oilasiga tushgan, uning yettita farzandi bo‘lgan. 1943-yilda o‘qituvchi u maktabga borish vaqti kelganda, yagona bo‘lgan dasturxondan sumka, uning turmush o‘rtog‘i esa uyda yagona pardadan kuylak tikib bergan”, - deydi aktyor.

Stoyanovning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchining katta oilasi har doim yerda yotgan, uning onasi esa – karavot to‘shakda yotgan.

Stoyanov “o‘zbeklar – noyob, dono, buyuk va juda kamtarin xalqdir”, — deb alohida ta’kidlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют