» » Buxorolik ayol 74 yoshli qo‘shnisini kaltaklagani uchun 3 yilga qamalishi mumkin

Buxorolik ayol 74 yoshli qo‘shnisini kaltaklagani uchun 3 yilga qamalishi mumkin


Buxoroda 74 yoshli qariyani kaltaklagan ayol javobgarlikka tortildi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga.

2018-yilning 26-oktabr kuni soat 08:00 larda Shofirkon tumani Mahallaqozi MFYda yashovchi, 1976-yilda tug‘ilgan Ra’no Narziqulova (ismi sharifi o‘zgartirilgan) shu mahallada yashovchi, 1945-yilda tug‘ilgan, ikkinchi guruh nogironi fuqaro P.Mirzayev bilan janjallashib, janjal vaqtida uning bel qismiga yog‘och kaltak bilan qasddan urib, o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Ra’no Narziqulovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют