» » Mayk Tayson YouTube’dagi shaxsiy kanalida komedik serialni ishga tushiradi

Mayk Tayson YouTube’dagi shaxsiy kanalida komedik serialni ishga tushiradi


Amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson YouTube’dagi shaxsiy kanalida komedik serialni ishga tushiradi. Loyiha mart oyi boshida start oladi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.

Taysonning aytishicha, yangi komedik serialning bitta qismi har ikki haftada e’lon qilib boriladi. Suratga olish jarayonida taniqli sportchiga Shots studiyasi vakillari yordam beradi.

Ayni vaqtda Mayk Taysonning kanalida faqatgina If You Show Up nomli klipi joylangan. Salkam ikki oy ichida klip 2,1 million martadan ortiq ko‘rildi.

Shots studiyasi direktori Jon Shaxidining aytishicha, Mayk Tayson shu darajada jozibadorki, u istalgan auditoriyani o‘ziga jalb qila oladi.

2005-yili bokschilik faoliyatini yakunlagan Mayk Tayson 55 tadan ortiq filmlarda, asosan, epizodlarda suratga tushgan. 2016-yilda esa sobiq bokschi “Ip Man 3” filmida bosh rolni ijro etgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют