» » Niderlandiyada 99 yoshli ayol politsiyadan qo‘liga kishan taqib, qamoqqa joylashtirishni iltimos qildi

Niderlandiyada 99 yoshli ayol politsiyadan qo‘liga kishan taqib, qamoqqa joylashtirishni iltimos qildi


Niderlandiyaning Neymegen shahrida 99 yoshli Enni ismli ayol politsiyaga qo‘liga kishan taqish va qamoqqa joylashtirish haqidagi antiqa iltimos bilan murojaat qildi. Bu haqda mahalliy politsiyaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Politsiyachilar keksa ayolning iltimosini yerda qoldirmadi. Uning qo‘liga kishan taqib, ikki daqiqaga kameraga kirgizildi va shundan so‘ng qo‘yib yuborildi.

Politsiya tomonidan joylashtirilgan fotolardan Enni mamnun bo‘lganini payqash mushkul emas.

Tarmoq foydalanuvchilari keksa ayolga istagini ro‘yobga chiqarishga monelik qilmagani uchun politsiya xodimlariga minnatdorlik bildirgan.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют