» » Askarlar O‘zbekiston tarixi va “Temur tuzuklari” fanidan sinov topshiradi

Askarlar O‘zbekiston tarixi va “Temur tuzuklari” fanidan sinov topshiradi


O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi, deb yozadi O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati.

Askarlar, harbiy xizmatchilar mamlakatning shonli tarixi, ona zaminda yashab o‘tgan buyuk qahramonlar, sarkarda va qo‘mondonlar hayoti va jasoratini chuqur bilishi, ular bilan g‘ururlanishi kerakligi ta’kidlandi.

“Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytaylik, ulug‘ Sohibqironning ‘Tuzuklar’ini qancha askar o‘qigan, — deya savol qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev. — Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning g‘alabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi ko‘plab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham o‘rganishadi”.

Davlat rahbari askarlar harbiy qasamyod qilishdan oldin albatta O‘zbekiston tarixi va “Temur tuzuklari” fanidan sinov topshirishi kerakligini ta’kidladi. Ilg‘or harbiy qismlarga ulug‘ sarkardalarning nomini berish, mohir lashkarboshilar haqida ilmiy tadqiqotlar, badiiy kitoblar, kinolar yaratishga ko‘rsatma berdi.

Mamlakat tinchligi va xavfsizligini ishonchli ta’minlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan harbiy ta’lim masalasiga birinchi darajali e’tibor qaratish, maktablardagi harbiy darslarga shu hududda xizmat qilayotgan, yuksak insoniy va kasbiy xususiyatlarga ega jangovar ofitserlarni jalb etish, o‘quvchilarni harbiy qismlarga olib borib, xizmat jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют