» » O‘zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti “Munosib mehnat sharoitlari dasturi”ning 2017—2020-yillarga uzaytirilishini ko‘zda tutuvchi memorandumni imzoladi

O‘zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti “Munosib mehnat sharoitlari dasturi”ning 2017—2020-yillarga uzaytirilishini ko‘zda tutuvchi memorandumni imzoladi


O‘zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Toshkentda “Munosib mehnat sharoitlari dasturi”ning 2017—2020-yillarga uzaytirilishini ko‘zda tutuvchi o‘zaro anglashinuv memorandumini imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Hujjat XMTning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Xayns Koller boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida imzolandi.

“O‘zbekistonda qisqa muddatda xalqaro mehnat normalari va standartlarini moslashtirish masalasida ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bolalar mehnati amaliyotiga barham berildi, paxta yig‘im-terimi davomida majburiy mehnatning oldini olish bo‘yicha sezilarli siljishlarga erishildi. Mamlakat mehnat sohasidagi xalqaro majburiyatlarga mas’uliyat bilan yondashmoqda, hukumat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari o‘rtasidagi samarali ijtimoiy muloqot davom etmoqda”, — deya ta’kidladi Xayns Koller.

Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov “Munosib mehnat sharoitlari dasturi” doirasida 2014—2016-yillarda mamlakatda milliy mehnat qonunchiligini takomillashtirish, aholining mehnat huquqidan xabardorligi masalalari muvaffaqqiyatli amalga oshirilganini ta’kidlab, Xalqaro mehnat tashkiloti vakillariga minnatdorlik bildirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют