» » BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun trast fondi tashkil etildi

BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun trast fondi tashkil etildi


BMTning Nyu-York shahridagi qarorgohida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida trast fondi faoliyati boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir O‘zbekiston, Norvegiya va Yaponiya hukumatlari tomonidan BMTning inson xavfsizligi bo‘yicha bo‘limi va qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda BMT maxsus tuzilmalari, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, AQShning yetakchi kompaniya va bank-moliya institutlari, xalqaro nodavlat ekologiya birlashmalari, ilmiy doiralaridan 300 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Mamlakat delegatsiyasi vakillari yuqori darajali tadbir avvalida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga Prezident Shavkat Mirziyoyevning salomi va Trast fondi faoliyatini tashkil etishdagi ko‘magi uchun minnatdorligini yetkazdi.

Antoniu Guterrish davlat rahbariga o‘zining ezgu niyatlari va 2017-yil sentabr oyida Nyu-York shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini yetkazishni so‘radi.

Tadbirning ochilishida Antoniu Guterrish so‘zga chiqdi va Trast fondining tashkil qilinishini “Jabrlangan mintaqa tarixida yangi sahifa“, deb baholadi. Bosh kotib 2017-yilning iyun oyida Orolbo‘yi hududlariga safar qilgan va jahondagi yirik ichki suv havzalaridan biri Orolning qurib borishi tufayli mintaqada izdan chiqayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, insonlar turmush tarzi va kelajakka ishonchi so‘nib borayotganiga guvoh bo‘lgan edi. Oliy martabali mehmon bunday vaziyatga “jahon miqyosidagi talafot“ sifatida qaragan edi.

Orolbo‘yi mintaqasi muammosiga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratish va mintaqa rivoji uchun texnik-moliyaviy resurslarni safarbar qilish Trast fondining asosiy maqsad-vazifalaridan sanaladi. Shu ma’noda Antoniu Guterrish donor hamjamiyatlar sa’y-harakatini birlashtirish imkonini beradigan ushbu tuzilma mahalliy aholining yo‘qolayotgan umidlarini qaytarish, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratish imkonini berishini ta’kidladi.

Anjumanda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Musa Yerniyazov ham ishtirok etdi va Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash, inson hayotiga halokatli ta’sirlarni yumshatish bo‘yicha davlat tomonidan amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tashkil etilgani hamda uning asosiy maqsad va vazifalari haqida ma’ruza qildi.

Tadbirda trast fondini tashkil etish tashabbusini 2015-yilda O‘zbekiston tomoni ilgari surgani qayd etildi.

Anjumanda Yaponiya, Norvegiya, Nigeriya, Qozog‘iston, Jazoir, shuningdek, qator nodavlat tashkilotlar vakillari ushbu fond faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. Forum doirasida O‘zbekiston hukumatining fond jamg‘armasiga har yili 2 million AQSh dollari ajratishi ta’kidlandi. Norvegiya delegatsiyasi a’zolari ham so‘zga chiqib, mamlakat hukumatining fond jamg‘armasiga 1,2 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratish bo‘yicha qarori haqida ma’lumot berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют