» » YChL. PSJ “Liverpul”ni taslim qildi, “Inter” esa “Tottenhem”ga yutqazdi (video)

YChL. PSJ “Liverpul”ni taslim qildi, “Inter” esa “Tottenhem”ga yutqazdi (video)


28-noyabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 4 ta guruhida 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

“A” guruhining ilk o‘yinida “Atletiko Madrid” o‘z maydonida “Monako”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Koke hamda Antuan Grizmann hisobiga yozildi. “Borussiya D” esa o‘z uyida “Bryugge” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va guruh peshqadamligini boy berdi.

“B” guruhi peshqadami “Barselona” Eyndxovenga safar qilib, 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklarning gollari Pike hamda Messi tomonidan kiritilgan bo‘lsa, mezbonlarning javob goliga de Yong mualliflik qildi.

Guruhning ikkinchi bellashuvi esa Londonda “Tottenhem” hamda “Inter” jamoalari o‘rtasida kechdi. O‘yin taqdiri 80-daqiqada Kristian Eriksenning yagona goli orqali hal etildi.

“C” guruhida PSJ jamoasi Parijda Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Xuan Bernat va Neymar gol kiritgan bo‘lsa, “mersisaydliklar”dan bu golga Jeyms Milner javob qaytardi.

Neapolda esa “Napoli” jamoasi guruh autsayderi “Srvena Zvezda”ni sinovdan o‘tkazib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Dris Mertens dublga erishdi.

“D” guruhining ilk o‘yini Moskvada “Lokomotiv” va “Galatasaroy” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda “temiryo‘lchilar” 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Shalke-04” jamoasi safarda “Portu”ga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Chempionlar Ligasi

5-tur o‘yinlari

28-noyabr, chorshanba

“A” guruhi

Gollar: 1:0 – 2 Koke, 2:0 – 24 Grizmann.

“B” guruhi

Gollar: 0:1 – 61 Messi, 0:2 – 70 Pike, 1:2 – 82 de Yong.

Gol: 1:0 – 80 Eriksen.

“C” guruhi

Gollar: 1:0 – 13 Bernat, 2:0 – 37 Neymar, 2:1 – 45, penalti Milner.

Gollar: 1:0 – 11 Gamshik, 2:0 – 33 Mertens, 3:0 – 52 Mertens, 3:1 – 57 Ben-Nabuan.

“D” guruhi

Gollar: 1:0 – 43 Krixovyak, 2:0 – 54 Ignatyev.

Gollar: 1:0 – 52 Eder Militao, 2:0 – 55 Korona, 2:1 – 89, penalti Bentaleb, 3:1 – 90 Marega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют