» » O‘zbekistonda madaniyat markazlari tashkil etiladi

O‘zbekistonda madaniyat markazlari tashkil etiladi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida madaniyat markazlari tashkil etiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Mazkur qaror bilan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etiladigan bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasiga 2019-yilning 1-iyuniga qadar “Madaniyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish topshirildi.

Madaniyat vazirligining “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovlarini an’anaviy ravishda o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

Madaniyat vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:

Davlatlararo qo‘shma loyiha doirasida Buyuk ipak yo‘lining mamlakatdan o‘tgan qismini “Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yo‘li: Farg‘ona – Sirdaryo havzasi” nomi ostida YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga;

Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi — Lazgi” nomi ostida YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют