» » Toshkent davlat pedagogika universiteti “SMART universitet”ga aylanadi

Toshkent davlat pedagogika universiteti “SMART universitet”ga aylanadi


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Turkiyaning Informascope kompaniyasi bilan hamkorlikda “SMART universitet” loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda Oliy va o‘tra maxsus ta‘lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 26-noyabr kuni universitet rektori Shavkat Sharipov va Informascope kompaniyasi boshqaruv direktori Quvanch Chinar ishtirokida mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat pedagogika universitetida zamonaviy talablar darajasida “SMART universitet” elementlarini joriy etish bo‘yicha bir qator amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Jumladan,

O‘tkazilgan muzokaralar yakunida Informascope kompaniyasi bilan loyihada zamonaviy texnologik yechimlar hamda texnik va dasturiy ma’lumotlar bilan ishtirok etish masalasi kelishib olindi. Toshkent davlat pedagogika universitetida “SMART universitet” elementlarini bosqichma-bosqich joriy etishga kirishildi.

Turkiyaning Informascope kompaniyasi nashr ishlari, shuningdek, kutubxona mahsulotlari va xizmatlari ko‘rsatuvchi xorijiy yirik va yetakchi kompaniya sanaladi. U o‘zining ko‘p yillik tajribasiga tayanib, jahon miqyosida informatsion ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan keng qamrovli va individual yechimlar ishlab chiqadi.

Ma’lumot uchun, “SMART” ayni paytda texnologiya olamida keng qo‘llaniluvchi ibora bo‘lib, Specific (o‘ziga xos), Measurable (o‘lchab bo‘ladigan), Attainable (erishib bo‘ladigan), Relevant (dolzarb), Time-bound (aniq muddatli) so‘zlarining qisqartmasidan olingan.

Mazkur loyiha oliy ta’lim muassasasining o‘quv, ilmiy va boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirishga qaratilgan ma’lumotlar bazalarini, axborot tizimlarini yaratish, ulardan foydalanish, xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadigan oliy ta’lim muassasasining “SMART universitet” yagona platformasining asosiy tamoyillarini belgilab beradi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 13:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют