» » “O‘zbekneftgaz” gaz yetkazib berishdagi muammolar sabab IESlar to‘liq quvvatda ishlamayotganiga izoh berdi

“O‘zbekneftgaz” gaz yetkazib berishdagi muammolar sabab IESlar to‘liq quvvatda ishlamayotganiga izoh berdi


Bugun, 29-noyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik faoliyatining 2018-yildagi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Anjumanda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari Odil Temirov, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Gaz tarmoqlaridan va qurilmalardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Akmal Eshonqulovlar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Bir kun avval “O‘zbekenergo” ayrim hududlar, xususan Xorazmdagi elektr ta’minotidagi uzilishlarni gazning to‘liq hajmda yetkazib berilmayotgani sabab issiqlik elektr stansiyalarining to‘liq quvvatda ishlay olmayotgani bilan izohlagan edi.

Odil Temirov vaziyatni quyidagicha izohladi:

“Bugungi kunda o‘tgan yil bilan solishtirganda elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi qariyb  19-20 foizga, tabiiyki gaz yetkazib berish hajmi ham shunchaga ortdi. Hozirda ‘O‘zbekenergo’ juda ko‘p loyihalarni amalga oshirdi, ushbu loyihalar yordamida hozirda yuqori samaradorlik bilan elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Biz ‘O‘zbekenergo’ rahbariyati bilan uchrashdik va ushbu masala bo‘yicha suhbatlashdik. Qish paytida gazga bo‘lgan talabning bir sutkalik normasini aniqladik. Barcha issiqlik elektr stansiyalariga ushbu norma bo‘yicha tabiiy gaz yetkazib beriladi. Ya’ni IESlarni gaz bilan to‘liq hajmda ta’minlash uchun qo‘shimcha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kelasi yilda ‘O‘zbekenergo’ To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini ishga tushiradi. Bu esa Farg‘ona vodiysida elektr ta’minotidagi muammolarga barham beradi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют