» » 55 yoshli rejissor Kventin Tarantino isroillik xonandaga uylandi

55 yoshli rejissor Kventin Tarantino isroillik xonandaga uylandi


Rejissor Kventin Tarantino Los-Anjelesda o‘zining qiz do‘sti, isroillik xonanda va model Daniella Pikka uylandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Marosim uchun juftlik klassik uslubdagi libos tanladi: 35 yoshli kelin oq ko‘ylak va tiara bosh kiyimi, 55 yoshli kuyov esa — kostyum va bo‘yinbog‘.

Kelin-kuyovlar sadoqat qasamyodini qildi, katta to‘y keyinroq do‘stlar va yaqinlar davrasida bo‘lib o‘tadi.

Tarantino va Pik 2009-yilda tanishgan, 2016-yilda uchrasha boshlagan, 2017-yilda unashtirilgan. Unashtiruv marosimi 2017-yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan, unga Bryus Uillisdan tortib, Umma Turmangacha barcha kino yulduzlari tashrif buyurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют