» » Adliya vazirligi Singapur va Koreyaning korrupsiyaga qarshi kurashish tajribasini o‘rganmoqda

Adliya vazirligi Singapur va Koreyaning korrupsiyaga qarshi kurashish tajribasini o‘rganmoqda


O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasi vakillaridan iborat qo‘shma delegatsiya Singapur va Koreyaga jo‘nab ketdi, deb xabar berdi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Asosiy maqsad — davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizasi, davlat organlari faoliyati samaradorligini tahlil qilish sohasida xorijiy tajribani o‘rganishdan iborat. Tashrif chog‘ida Singapurning korrupsion amaliyot tergovlari byurosi va Koreya respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqi komissiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutilmoqda.

Joriy yilning 27-noyabrida delegatsiya Singapurda qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Singapur, Koreya Respublikasi, Malayziya, Gonkong, Indoneziya va boshqa mamlakatlarning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha organlar xodimlari ishtirokida trening bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari respublikada Harakatlar strategiyasi doirasida ko‘rilayotgan antikorrupsion chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim qildi. Xususan, korrupsiyaga qarshi monitoring, me’yoriy-huquqiy hujjatlar ekspertizasi, aholi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslan Davletov mamlakat hukumati korrupsiyaning barcha shakllarini hokimiyatning turli darajalarida namoyon bo‘lishiga qarshi kurash va oldini olish borasimda olib borilayotgan islohotlar, bu illatga qarshi kurashish davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishishning asosiy sharti ekanligini qayd etdi. Delegatsiya milliy antikorrupsion dasturlarni samarali olib borish uchun eng yaxshi global bilimlar va ilg‘or tajribani o‘rganishga qiziqayotganligini ta’kidladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Singapurning davlat xizmatlarini taqdim qilish markazi, notarial idoralar faoliyati ham yaqindan tanishishdi. Bu boradagi tajribalar o‘zaro almashindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasining bu ikki mamlakatga tashrifi joriy yilning 30-noyabriga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют