» » Xorazmda yangi temir yo‘l va vokzal ochildi

Xorazmda yangi temir yo‘l va vokzal ochildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-noyabr kuni Urganch—Xiva poyezdida Xiva shahriga keldi, deb yozadi O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati.

Davlat rahbari 2017-yil yanvar oyida Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida Xiva shahriga temir yo‘l olib kelish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Shu asosda Urganchdan Xivagacha 30 kilometr “po‘lat iz” yotqizilib, Xiva shahrida vokzal barpo etildi. Shuningdek, zarur infratuzilma inshootlari, qo‘riqlash punktlari, yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklar qurildi.

Prezident Xiva vokzalida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Vokzal binosi yo‘lovchilarga qulaylik va xavfsizlik talablari asosida qurilgan. Devor va ustunlar Xorazmning qadimiy me’morchilik an’analariga xos bezatilgan. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilishi mumkin. Zamonaviy VIP zallar, ona va bola, tibbiyot xonalari tashkil etilgan. Turistlar uchun axborot beruvchi belgilar, planshetlar qo‘yilgan. Vokzaldagi 20 o‘rinli mehmonxona fuqaro va turistlarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq vokzal qadimiy Xiva qal’asi yaqinida qurilgani katta ahamiyatga ega. Bu shaharga sayyohlarni ko‘proq jalb etish, hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanish uchun keng imkoniyat yaratadi.

Urganch—Xiva temir yo‘l yo‘nalishi va Xiva vokzali rasman ochildi. Kelgusida Xivagacha “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют