» » Hyundai kompaniyasi Palisade krossoverining sirlarini ochdi

Hyundai kompaniyasi Palisade krossoverining sirlarini ochdi


Hyundai Palisade katta krossoveri butunjahon taqdimotini Los-Anjelesda nishonladi. Koreya markasining flagmani yangi platformada qurilgan, V6 benzini, tugmachali transmisiya selektori va qorda harakatlanishga ixtisoslashgan HTRAC to‘liq uzatmasi bilan jihozlangan. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Yuqori sifatli navlarning qo‘llanilganligi hisobiga avtomobil tuzilmasining qattiqligi deformatsiya zonasiga joylangan. Hyundai Palisade avtomobilining uzunligi 4981 millimetr, kengligi — 1976, balandligi — 1750 millimetr. Krossoverning g‘ildirak bazasi 2901 millimetrga teng. Old oyna qarama-qarshiligi koeffitsiyenti — 0,33.

Avtomobil dvigateli 295 ot kuchini va 355 Nm aylanma davrini tashkil qiladi. Avtomobil uzatma qutisi — sakkiz diapazonli “avtomat”.

Uzatma bloklash imkoni bilan old yoki to‘liq bo‘lishi mumkin. Drive Mode harakatlanish tartibini tanlash tizimi yettita Normal, Comfort, Eco, Sport, Smart, Sand va yangi, qorda harakatlanishni sozlovchi Snow profilini o‘z ichiga oladi.

Hyundai Palisade to‘liq svetodiodli optika bilan jihozlangan 12,3 dyuym diagonalli virtual pribor, 10 Apple CarPlay, Android Auto hamda yettita USB-portli 25 dyuymli displey multimedia tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Avtomobilda smartfonlar uchun simsiz quvvatlagich, Infinity audiotizimi mavjud. Orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar bilan aloqa tizimi Sleep funksiyasi bilan jihozlangan, bunda ovoz orqa dinamiklarga uzatilmaydi.

Palisade salonida 16 ta stakan qo‘yish uchun o‘ymalar va sakkizta o‘rindiq mavjud. Ikkinchi qatorda ventilyatsiyali kapitan o‘rindiqlarini o‘rnatish mumkin.

MyHyundai.com sayti hamda smartfondagi Blue Link dasturi orqali dvigatelni ishga tushirish, iqlim uskunasini sozlash, shuningdek eshiklarni blokdan chiqarish mumkin.

Palisade xavfsizlik tizimi yo‘lovchilarni aniqlash funksiyali to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvni oldini olish, polosada ushlab qolish, ko‘rinmas hududlarni monitoring qilish, orqa trafikni nazorat qilish, xavfsiz chiqish funksiyasi, ochiq eshiklarda avtomobil harakatini nazorat qilish, kruiz-kontrol va haydovchi holatini monitoring qilish tizimlarini o‘z ichiga oladi.

Hyundai Palisade avtomobiliga Toyota Highlander, Honda Pilot hamda Nissan Pathfinder raqobatchi sanaladi. Krossover Koreyaning Ulsan zavodida yig‘iladi. Avtomobil 2019-yilning yoz oyida AQShda sotuvga chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют