» » BuildExpoUzbekistan – 2018 ko‘rgazmasida zamonaviy mahsulotlar namoyish etilmoqda

BuildExpoUzbekistan – 2018 ko‘rgazmasida zamonaviy mahsulotlar namoyish etilmoqda


“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tayotgan BuildExpoUzbekistan – 2018 ko‘rgazmasida zamonaviy dekorativ qoplamalar, santexnika uskunalarining eng so‘nggi nusxalari, qurilish materiallari, oyna, eshik va boshqa mahsulotlar namoyish etilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Bu yerda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Rossiya, Germaniya, Portugaliya, Turkmaniston va Ukraina davlatlarining 50 ga yaqin kompaniyasi o‘z mahsulotlarini taqdim qilmoqda.

EXPO POSITION MChJ tomonidan “O‘zqurilishmateriallari” AJ va O‘zbekiston mebel sanoati korxonalari uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazmada qurilish sanoatining so‘nggi yutuqlari namoyon bo‘lmoqda. Bu aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, tajriba almashish imkonini beradi.

Mega Invest Industrial MChJ bazalt tolalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 2017-yilda Jizzaxda umumiy maydoni 10 ming kvadrat metrdan iborat zavod qurildi.

“Zavod quvvati yiliga 3 ming tonnadan ortiq bazalt tolasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Buning uchun qazib olingan xomashyoning 80 foizidan foydalanamiz, qolgani turli qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ketadi. Shaxsiy laboratoriyamizda portlash quvvati va tola sifatini aniqlashga doir fizikaviy sinovlarni o‘tkazishimiz mumkin”, — deydi bosh menejer o‘rinbosari Ramir Ahmediyev.

Ma’lumki, bazalt po‘latga nisbatan 50 foiz arzon va zanglamaydi, uni tashishda katta yuk avtomobillari ijarasiga pul sarflash shart emas. Chunki bazalt besh barobar yengil bo‘lib, o‘ramlarga o‘raladi. Yana bir afzalligi shundaki, montaj qilinganda payvandchi va payvandlash uskunasi kerak bo‘lmaydi, demak elektr energiyasi ham tejaladi.

Turli liftlar hamda lift uskunalarini ishlab chiqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi “Toshafus” O‘zbekiston—Koreya qo‘shma korxonasi ham ko‘rgazmada ishtirok etmoqda. Joriy yilning o‘zida korxona tomonidan 500 dan ortiq lift yetkazib berildi.

Ko‘rgazma ishtirokchilaridan yana biri GROHE kompaniyasi santexnika uskunalarining yirik ishlab chiqaruvchisidir. Bu yerda ko‘chma ko‘rgazma tashkil etilgan bo‘lib, unda kulolchilik buyumlari, suvni tozalash, turli funksiyali dush tizimlari namoyish qilinmoqda.

“Biz iste’molchiga yuqori sifatli turli mahsulotlarning keng assortimentini taklif etayapmiz, — deydi kompaniya vakili Sergey Ilyushenkov. — Ko‘hna va navqiron Samarqandda o‘z faoliyatimizni yo‘lga qo‘yish niyatidamiz. Mamlakat bo‘yicha 18 ta do‘konimiz bo‘lib, ularni Buxoro va Termiz shaharlarida ham ochish rejalashtirilmoqda”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 27) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют