» » Zomin tumanida soliq qarzdorligi joriy yil boshiga nisbatan 121 million so‘mga kamaydi

Zomin tumanida soliq qarzdorligi joriy yil boshiga nisbatan 121 million so‘mga kamaydi


Jizzax viloyati Yangiobod tumani davlat soliq inspeksiyasi bilan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi hamkorligida soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tasdiqlangan rejaga muvofiq, joriy yil noyabr oyida tumanda soliq to‘lovchilardan 13,4 million so‘mlik qarzdorlik undirildi. Bir necha marta ogohlantirishlarga qaramay, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamayotgan ayrim tadbirkorlarga nisbatan sud qarori asosida qonunga muvofiq majburiy choralar qo‘llanilmoqda.

Masalan, Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining 31,7 million so‘mlik qarzdorlik bo‘yicha chiqargan ijro varaqasiga asosan "Yangiobod Agroservis MTP" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli "Neksiya-3" rusumli avtomashina xatlovga olinib, auksion orqali sotuvga qo‘yildi.

Xuddi shunday choralar tumandagi "Havotog‘ asali” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga, "Islomjon Anorboy” xususiy korxonasiga nisbatan ham qo‘llanilib, soliq qarzdorligi undirib olindi.

Soliq to‘lovlarining ko‘payishida faqat majburlov choralari emas, tadbirkorlik faoliyati uchun erkinliklar kengaytirilgani ham muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida faoliyati qayta tiklangan tadbirkorlarning qarzdorligi hisobdan chiqarilishi soliq qarzlari kamayishiga olib kelmoqda.

Mazkur farmonga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlar Doston Ismoilov va Rabbimqul Shukurovning tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklagani sababli ularning 4,5 million so‘mlik soliq qarzi hisobdan chiqarildi. Bu imkoniyatdan faoliyatini tiklayotgan boshqa tadbirkorlar ham foydalanmoqda.

Zomin tuman sooliq inspeksiyasi xodimlari tadbirkorlarga soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib bormoqda. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samarasida soliq to‘lovchilarning qarzdorligi yil boshiga nisbatan 121,7 million so‘mga kamaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют