» » Olimlar Hind okeani tubida anomal shovqinlarni qayd etdi

Olimlar Hind okeani tubida anomal shovqinlarni qayd etdi


Olimlar Hind okeani tubida anomal shovqinlarni qayd etdi. Mutaxassislar hozircha bu hodisaning sabablarini tushuntira olgani yo‘q. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Mutaxassislarning taxmin qilishicha, bu shovqinlar Mayotta orolida kuzatilayotgan yer silkinishlari seriyasi bilan bog‘liq. Bu orol Hind okeanidagi Komor arxipelagi tarkibiga kiradi.

Yer osti silkinishlari orolning sharqiy qirg‘og‘idan 50 kilometr uzoqlikda qayd etilgan. Shundan so‘ng yuzlab kuchsiz va tez-tez qaytarilgan yer silkinishlari yuz bergan. Eng kuchli silkinishning kuchi 5,8 ballni tashkil qilgan.

Olimlarning fikricha, bu hodisalarning sababi vulqon faolligi bo‘lishi mumkin. Anomal signallar esa Hind okeani ostida magma harakati tufayli yuzaga kelayotgan bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют