» » O‘zbekistonda eksport ulushi 15 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi

O‘zbekistonda eksport ulushi 15 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi


Shavkat Mirziyoyev mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Mazkur farmonga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar), jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani:

Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan foyda qismi yuzasidan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha;

Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan qismi yuzasidan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha kamaytiradi.

Ushbu imtiyozlar ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha xomashyo tovarlarini eksport qilish, shuningdek, xalqaro tashishlar (avtotransportdan tashqari) hamda uzatish quvurlari va gaz quvurlari orqali yetkazib berish xizmatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют