» » Angela Merkelning samolyoti Buenos-Ayresgacha yetib bora olmadi

Angela Merkelning samolyoti Buenos-Ayresgacha yetib bora olmadi


Germaniya kansleri Angela Merkelning samolyotida texnik nosozlik aniqlandi, shu sababli ekipaj ortga qaytishga qaror qildi, deb xabar beradi DPA agentligi.

Merkel Buenos-Ayresga — G20 sammitiga yo‘l olgan edi. Hukumat xizmat safarlari uchun foydalanadigan “Konrad Adenauer” samolyoti Berlindan uchib chiqqan. Ekipaj nosozlikni Niderlandiya osmonidan o‘tayotganda aniqlagan va Kyoln aeroportiga rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirgan. Kansler 30-noyabr kuni ertalab boshqa reys bilan sammitga yo‘l olishi aytilmoqda.

G20 sammiti Argentina poytaxti Buenos-Ayresda 30-noyabr — 1-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya davlati rahbari Vladimir Putin bilan Argentinadagi G20 sammiti doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют