» » AQShda hayot davomiyligi o‘z joniga qasd qilishlar va narkotiklar dozalarining oshirib yuborilishi natijasida pasaydi

AQShda hayot davomiyligi o‘z joniga qasd qilishlar va narkotiklar dozalarining oshirib yuborilishi natijasida pasaydi


AQShda o‘rtacha kutilayotgan hayot davomiyligi o‘z joniga qasd qilishlar va narkotiklar dozalarining oshirib yuborilishi natijasidagi o‘limlar soni oshishi tufayli, 0,1 yilga kamayib, 78,6 yoshga tushdi, deb yozadi Meduza. 2016-yilda o‘rtacha kutilayotgan umr uzoqligi AQShda 78,7 yoshga teng bo‘lgan.

Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda AQShda narkotiklar dozalarining oshirib yuborilishidan 70 237 kishi vafot etgan, bu 2016-yilga nisbatan qariyb 6,6 mingga ko‘p demakdir. O‘z joniga qasd qilishlar soni esa har 100 ming aholiga 14 taga yetdi (1999-yilda 10 ta edi).

AQShda kutilayotgan hayot davomiyligi ko‘rsatkichi 1993-yildan buyon birinchi marta 2015-yilda pasaygan va 78,8 yoshni tashkil etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют